KAM HAQ OLAYOTGAN TARGETOLOGLAR DIQQATIGA!

DIQQAT! Target Xizmatingiz Uchun Oyiga Kamida $1.500 Olmayotgan Bo'lsangiz, Ushbu Xatim Tinchingizni Buzishi Mumkin

Internet marketing xizmatim uchun oyiga $1.500 dan boshlab $4.500 gacha haq olaman. Agar siz target uchun $1.500 dan kam haq olsangiz, ushbu sahifani oxirigacha oq'ing.

Xayot Sharapov

Nega Aksariyat Targetologlar Juda Kichik Haq Olishadi…

Ads manager ichidagi barcha tugma qanday vazifa bajarishini bilasiz.

Mijozlaringiz uchun bemalol target ham yoqib berasiz.

Lekin baribir boshqalarga nisbatan judayam kam haq olasiz.

Nega?

Chunki hech qaysi tadbirkor shunchaki tugmalarni bosib reklama yoqib yuborganingiz uchun katta haq to'lamaydi.

Katta haqni faqatgina katta natija uchun to'lashadi.

“Target yoqishni bilaman” deyish bilan “Biznesga pul keltirishni bilaman” deyish o'rtasida katta bir bo'shliq bor.

Va aksariyat targetologlar yillab harakat qilishsa ham aynan mana shu bo'shliqdan chiqa olishmaydi.

Va man sizga bu bo'shliq nima ekanini tushuntiraman.

Ishonchim komilki siz hozir aynan shu bo'shliqqa tushib qolgansiz.

Hech Kim Sizni Ogohlantirmagan Bir Tuzoq Bor

Youtube'dan yoki qandaydir arzon kurslardan targetni o'rgandingiz.

Aslida bu uchun o'zingizdan faxrlansangiz bo'ladi. Chunki aksariyat insonlar boshlashmaydi ham.

Keyin esa haqiqatga duch keldingiz…

Eng birinchi mijozingizni oldingiz.

Ilk mijozingiz sizga kam haq to'laydi.

Judayam kam.

Siz esa “Hechqisi yo'q, bu sohada yangiman. Keyingi mijozim ko'proq to'laydi.” deb o'zingizni ovutasiz.

Afsusku keyingisi ham o'sha haqni beradi.

Va undan keyingisi ham.

Mana endi og'riqli bir muammoga duch kelganingizni tushunib yetasiz.

Xizmatingiz narxini oshira olmaysiz.

Chunki ich-ichingizdan natijani va'da qila olmasligingizni bilasiz.

Target reklamalaringiz ishlashiga umid qilasiz.

Lekin ular ishlaydimi yo'qmi o'zingiz ham bilmaysiz.

Shuning uchun mijozlaringiz “Sotuvlarga kafolat bera olasizmi?” deyishganda, sizda aniq bir javob bo'lmaydi.

O'zingizni himoya qiluvchi qandaydir gap o'ylab topasiz.

Va oxir-oqibat bu mijozni yo'qotasiz. Yoki yana o'sha kichik bir haqni olishga majbur bo'lasiz.

Ushbu holat sizga tanishmi?

Undan ham og'riqli yana bir holat bor…

Reklama yoqqan kuningiz.

Target faol bo'ldi va pul sarflashni boshladi.

Lidlar qimmat, sifati yomon, soni kam.

Natijada sotuv deyarli yo'q.

O'zingizni juda noqulay his qilasiz, xuddi badaningiz karaxt holatga tushib qolgandek.

Tugmalarni bosa boshlaysiz. Auditoriyani o'zgartirasiz. Byudjetni kamaytirasiz. Reklamani o'chirasiz va qayta yoqasiz.

Nega?

Chunki sizda aniq bir reja yo'q. Shunchaki taxmin qilasiz va reklamalar o'z-o'zidan yaxshi ishlab ketishiga umid qilasiz.

Va miyangizda bir fikr aylanadi: “Mijoz o'zim nima qilayotganimni tushunmasligimni va unga foyda bera olmasligimni bilib qolsa-chi?”

Aynan shu holat tuzoq hisoblanadi.

Mahoratingiz yetishmasligi emas. O'zingizga ishonchingiz yo'qligi!

Va buni oqibatida siz o'ylaganingizdanda ko'prog'ini yo'qotasiz.

Aksariyat insonlar faqat pul yo'qotaman deb o'ylashadi.

Yo'q, pul bu yo'qotadiganlaringizni bir qismi holos.

O'zingiz Sezmagan Holda Puldan Ham Ko'prog'ini Yo'qotasiz...

Mehnatingizni havoga sovuriladi.

Siz har safar hammasini noldan boshlaysiz.

Yangi mijozmi? Yangicha taxmin.

Yangi nishami? Yana taxmin.

Taxmin. Taxmin. Taxmin.

Sizda aniq ishlaydigan, hamisha natija beradigan va hamisha mijozlardan raxmat eshittiradigan bir tizim yo'q.

Shuning uchun har bir loyihangizda muvaffaqiyatdan ko'ra mag'lubiyat ehtimoli ko'proq bo'ladi.

Natijada esa o'zingizga ishonchsizlik ortib boradi.

Natijada halovatingizni yo'qotasiz.

Mijozingiz uchun reklama yoqasiz va xavotirga tushishni boshlaysiz.

Uyqudan ham zavq ololmaysiz.

Nega? Chunki reklama yaxshi natija keltiradimi yo'qmi bilmaysiz.

Duo bilan umid qilishdan boshqa yo'lingiz qolmaydi.

Albatta bu sog'lig'ingizga ham ta'sir qiladi.

Hamisha bosim ostida bo'lasiz.

Sohadan zavq olish o'rniga, stress eng yaqin do'stingizga aylanadi.

Oxir-oqibat bu ismingizga ham ta'sir qiladi.

Siz haqingizda hech kim gapirmaydi.

Hech kim “Bu inson bilan ishlashing kerak” deb do'stlariga tavsiya qilmaydi.

Biznes egalariga o'zingiz chiqasiz. Narxingizni yana arzonlashtirasiz. Va umid qilasiz.

Bu vaqtda sizdan kamroq ilmga ega inson sizga nisbatan 3 karra ko'proq haq oladi.

Nega?

Ular aqlliroq bo'lgani uchun emas.

Shunchaki siz bilmagan bir narsani bilganlari uchun.

Va bu nima ekanini man sizga aytaman.

1000+ Targetologlarni Ko'proq Daromad Qilishiga va Halovatini Qaytarib Olishiga Nima Yordam Berdi

Aksariyat targetologlar target yoqishni o'rganib olishadida…

“Bo'ldi, endi daromad qilishni boshlayman!” deb xursand bo'lishadi.

Lekin bu yerda bir muammo bor…

Shunchaki target yoqishni bilgan inson hech kimga kerak emas.

Har qanday inson target yoqishni 2 soat ichida o'rganib olishi mumkin.

Bu qiyin emas.

Va albatta oson ishga arzon haq to'lanadi.

Taklifni, sotuv voronkalarini, copywriting va biznes unit ekonomikasini yaxshi tushungan targetolog esa qimmatli hamkor bo'lad oladi.

Shunchaki target yoqib qo'yadigan targetologlar kam haq olishadi.

Sotuvga ta'sir o'tkaza oladigan Targetologlar esa o'z narxlarini aytishadi.

Bir xil platforma.

Bir xil tugmalar.

Ikki xil hayot.

Kimdir xizmati uchun $200 olsa, boshqalar esa $2.000 dan boshlab olishadi.

Misol uchun bu yerda bir mijozimiz bir oylik xizmatimiz uchun to'lagan $4.000 chekini ko'rishingiz mumkin.

Mijoz cheki — $4.000 oylik xizmat to'lovi

To'g'ri, internet marketing xizmatingiz uchun oyiga $4.000 haq olish juda qiyin.

Nega bilasizmi? Chunki bu uchun targetni o'zi yetarli emas.

Siz shunchaki targetolog emas, biznesga pul keltiradigan shaxsga aylanishingiz kerak.

Ana o'shanda siz o'z narxingizni oshira olasiz.

Ana o'shanda siz hozirgi xizmat narxingizdan 10x qimmatroqqa o'zingizni sota olasiz.

Ana o'shanda sizni xizmatingiz uchun $4.000…

Yoki quyidagi kabi $4.500 to'lay boshlashadi.

Mijoz cheki — oylik xizmat to'lovi

Bu bilan siz ham $4.000 dan boshlab olasiz demoqchi emasman. Bunday va'da ham bera olmayman.

Oylik xizmat narxingizni $4.000 ga ko'tarish juda ko'p mehnat va tajriba talab qiladi.

Bu uchun siz nafaqat targetni, balkim copywriting, sotuv voronkalari va sotuv san'atini tushunishingiz kerak bo'ladi.

Yaxshi xabar shuki, endi siz ham bularni o'rgana olasiz.

Aynan shu uchun, ya'ni target sohasiga kirib, bu sohadan zavq olish o'rniga stressda yurgan targetologlar uchun Target Pro kursimni ishlab chiqqanman.

Tanishing:
Target Pro Ekosistemasi

Target Pro — 6 kurs to'plami

Target Pro shunchaki bir kurs emas.

Bu shunchaki tugma bosuvchi targetologni, daromad keltiradigan qimmatli mutaxassisga aylantiradigan ekosistema.

Target Pro ichida 6 kurslar va 200+ video darsliklar mavjud.

Undan tashqari bir yil mobaynida shaxsan o'zim sizga yordam beraman.

Keling man sizga Target Pro qanday qilib hayotingizni yaxshilashini birma-bir tushuntirib beraman.

Target Pro Hayotingizni Yaxshilashining 11 Yo'llari

Qanday foyda olishingizni tushundingiz.

Va endi sizda bir savol tug'ilgan bo'lishi mumkin:

“Nega aynan Xayot Sharapovdan o'rganishim kerak?”

Yaxshi savol.

Keling hozir bu savolingizga javob beraman.

Nega Aynan Men Sizga O'rgatishga Haqliman:

Xayot Sharapov Meta sertifikatlangan targetolog

Xayot Sharapov

Meta tomonidan rasman yuqori tajribali targetolog deb tan olingan.

Target bilan deyarli 7 yildan beri shug'ullanaman.

7 oy emas. 7 YIL.

Bu vaqt ichida Tadbirkorlarni $1.000.000+ dan ko'proq byudjetini daromadli boshqardim.

Ko'plab daromad keltirgan target reklamalarini yoqdim.

Byudjet isrof bo'lgan holatlarni ham boshimdan o'tkazdim.

Siz qilishingiz mumkin bo'lgan barcha xatolarni qilib ko'rdim. Va bu uchun o'zim badal to'ladim.

Shu uchun ham sizga, ushbu yo'lni bosib o'tgan, chuqurlarni ko'rgan, va sizni to'g'ri yo'naltira oladigan bir ustoz kerak.

Bularni o'rganish uchun siz ham $1.000.000+ sarflab, barcha xatolarni qaytadan qilib ko'rishingiz shart emas.

Shunchaki manga quloq solishingiz va aytganlarimni qilishingiz lozim.

Man shunchaki sizga o'rgatib qo'yib, foyda berarmikan deb umid qilib o'tirmayman.

Kursda o'rgatilgan har bir usulni o'z biznesimda qo'llab kelaman va ishlashiga 100% kafolat beraman.

Target natijalarni yaxshilash usullarim ishlaydimi?

Albatta ishlaydi. Buni isbotlash uchun xattoki o'z cho'ntagimdan pul sarflab, o'rgatilgan metodika bo'yicha target yoqqanman va bularni barchasini amaliyot kursiga joylaganman.

Xizmatingizni qimmat sotish usuli ishlaydimi?

Albatta ishlaydi? O'z reputatsiyamni risk'ga qo'yib jonli efirda mijozga qo'ng'iroq qilganman va 2 soat suhbat qilib $2.500 lik xizmat sotganman.

Buni ham videosi bor. Kirib bemalol ko'rishingiz mumkin.

Teoriyani hamma o'rgata oladi. Target Pro'da esa faqat amaliyot va ishlaydigan usullardir.

“Bu usullar sizda ishlabti, manda ham ishlarmikin?...” degan shubhangiz bormi?

Xavotir olmang. Ishlaydi.

Hozirgacha 1.000 dan ko'p targetologlar Target Pro'ga qo'shilishdi.

Ba'zilari hech narsani bilmasdan qo'shilishdi.

Boshqalari esa xuddi siz kabi, targetdan xabari bor, lekin o'z mahoratiga shubha qiladigan va oladigan haqqi kam bo'lgan holatdan qo'shilishdi.

Va siz hozir bu o'quvchilar qanday natijalarga erishishgani bilib olasiz.

Manga Ishongishingiz Shart Emas, Shunchaki O'quvchilar Fikrlarini Eshiting.

Man o'zim haqimda soatlab gapirishim mumkin.

Lekin sizga bu muhim emas.

Sizga faqatgina o'zingiz va oladigan natijangiz qiziq.

Marhamat, quyida sizni holatingizda bo'lgan va Target Pro orqali keyingi darajaga chiqqan targetologlarning fikrlari bilan tanishing.

Yuqoridagi o'quvchilarimizning fikrlari edi.

Endi keling ijtimoiy tarmoqlarda “Xayot Sharapov” haqida insonlarning fikrlari qanday ekanligi bilan sizni tanishtiray.

Ishonch masalasida savollaringizga yetarlicha javob oldingiz deb o'ylayman.

Keling endi Target Pro haqida sizga batafsil ma'lumot bersam.

Target Pro'ga Qo'shilib Nimalarga Ega Bo'lasiz

6 Kurslar. 1 Yil Dostup. Va bu vaqt ichida shaxsan o'zim sizni qo'llab-quvvatlayman.

TARGET ASOSLARI

✅ TARGET ASOSLARI

100+ Video darslar

Meta reklamalarini mutlaqo noldan boshlaymiz. Akkauntlar, reklama kabinetlari, piksellar, kuzatuv — har bir ekran va har bir tugmani birma-bir ko‘rib chiqamiz. Poydevoringizni puxta quramiz, toki keyinchalik ish jarayoningizda o‘zingizga hech qanday shubha bo‘lmasin.

TARGET PRO

✅ TARGET PRO

40 Video darslar

Pul keltiradigan kurs. Reklama strategiyasi. Mijoz topish. Xizmatingizni qimmatga sotish. Barqaror narxda yangi mijozlarga ega bo‘lish. Aynan shu kurs daromadingizni o‘zgartirib yuboradi.

OLTIN NISBAT AMALIYOTI

✅ OLTIN NISBAT AMALIYOTI

11+ Video darslar

Men o‘z pullarimni sarflab, bu usullarning teoriya emas, haqiqatdan ishlashini isbotlab berganman. Hech qanday nazariya yo‘q. Faqatgina amaliyot va isbot. Ko‘rasiz va xuddi shu kabi siz ham target reklamalaringizni yoqasiz.

COPYWRITING

✅ COPYWRITING

36+ Video darslar

Odamlar nega xarid qiladi? Har bir qaror ortidagi turtkilar. Haqiqatan sotadigan reklama va sotuv saytlarini qanday yozish kerak? Buni o‘rganish orqali siz shunchaki target yoqishdan tashqari, sotuvlarga ham ta’sir o‘tkaza olasiz.

MAKSIMAL MARKETING

✅ MAKSIMAL MARKETING

6+ Video darslar

Sotuv voronkalar, mijoz profillarini tuzish, takliflar, vebinar voronkalari, trafik harorati, retargeting. Har bir loyihangiz marketing bo‘limini samaradorligini oshiruvchi umumiy ko‘nikmalar.

CHATBOT

✅ CHATBOT

4+ Video darslar

Izohlar va shaxsiy xabarlarga avtomatik tarzda javob beradigan Instagram botlarini yarating. Natijada, siz uxlayotganingizda ham potensial mijozlar javob olishadi.

Endi yuqoridagi ro‘yxatga yana bir qarang.

Bu shunchaki bir kurs emas.

Bu — kompyuteringiz ichida joylashgan butun boshli marketing bo‘limi.

Aynan shuning uchun ham xizmatingiz narxi oshadi.

Faqat target yoqadigan targetologning sotadigan bir narsasi bor. Shuning uchun u doim boshqa targetologlar bilan narx borasida raqobatlashadi.

Shuning uchun ham doim unga boshqa targetolog sizdan arzonroqqa qilib berar ekan deyishadi.

Target Pro orqali siz endi kuchli afzalliklarga erishasiz.

Target reklamalarni boshqarasiz. Kuchli reklama skriptlarini yozasiz. Sotuv voronkalarini tuzasiz. Kuchli takliflar yaratishni o'rganasiz.

Siz endi oddiy targetolog emassiz.

Siz — butun biznes taqdiri qo‘lida bo‘lgan qimmatli mutaxassissiz.

Bunday mutaxassisga biznes egalari narx qo'yishmaydi.

Endi o'z narxingizni o‘zingiz belgilaysiz.

Va bu hali hammasi emas.

Target Pro'ga Qo'shilib $15.000 dan Ko'proqqa Arziydigan Xizmatimni Bepul Qo'lga Kiritasiz

Kurs sotib olgan aksariyat targetologlarning muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga sabab bo‘luvchi bir holat bor.

Ularda kurs jarayonida bir muammo yoki savol paydo bo'ladi.

Va buni so'rashga, yordam olishga hech kim bo‘lmaydi.

Shu sabab kurs ham yakunlanmasdan o‘sha holicha qolib ketadi.

Lekin Target Pro bilan bunday bo‘lmaydi.

Bugunoq Target Pro'ga qo'shilib, quyidagi 2 bonuslarni qo'lga kiritasiz:

#1 BONUS: 1 Yil Davomida Har Kuni Tutorlarimizdan Savollaringizga Javob Olasiz (Qiymati: $6.000)

Target Pro'ga qo'shilganingizdan so'ng, sizni maxsus yopiq platformamizga qo'shamiz.

Agar sizda muammo chiqsa yoki savol paydo bo'lsa, platformada yozasiz va tutorlarimiz sizga javob beradi.

Reklamangiz ishlamayaptimi? So'raysiz. Mijoz nimadir so'radi va siz nima deyishni bilmayapsizmi? So'raysiz. Xizmatingiz uchun qancha haq olishni bilmayapsizmi? So'raysiz.

Bu orqali siz bir muammo bilan 3-4 kunlab qolib ketmaysiz. So'raysiz va tutorlarimiz javob beradi. Natijada siz o'z maqsadingiz sari to'xtovsiz yurishda davom etasiz.

Savol-javob platformasi

#2 BONUS: Shaxsan O'zim Bilan Haftalik Jonli Online Savol Javoblar (Qiymati: $9.600)

Har hafta, siz va men. Zoom'da orqali yuzma-yuz ko'rishamiz. Va bu bir yil davom etadi.

Muammo yoki savollaringizni aytasiz. Va man yechim beraman.

Boshqalarni savollarini ham eshitishingiz va qo'shimcha ma'lumot olishingiz mumkin.

Siz shunchaki videolardan iborat kurs emas. Haqiqiy mentorship'ga ega bo'lasiz.

Bu esa o'zingiz yolg'iz qiynalib qolib ketmasligingizni anglatadi.

Jonli online savol-javob

Keling shunchaki qo'llab-quvvatlashni o'zini hisoblab ko'ramiz.

Bir yil mobaynida platformada savollaringizga javob berish: $6.000
Bir yil mobaynida haftada 1 marta man bilan jonli efirga kirish: $9.600

Jami: $15.600

Va siz bu imkoniyatlarni mutlaqo bepul qo'lga kiritasiz.

Aksariyat kurslar sizga shunchaki video darsni beradida oq yo'l tilaydi.

Target Pro'da esa man siz bilan 1 yil birga bo'laman.

Lekin bu imkoniyatga faqatgina BUGUN qo'shilsangiz ega bo'lasiz.

Agar sizda haligacha shubha bo'lsa…

“Qo'shilsam lekin man kutgandek bo'lmasa-chi?” deb o'ylayotgan bo'lsangiz…

Keling bu shubhangizga ham javob beray.

“Xayot Sharapov Aqldan Ozganmi?!” Deb Nomlangan To'lovni 100% Qaytarish Kafolati

30 kunlik kafolat

Sizga shuni va'da qilamanki…

Target Pro'ga qo'shiling. Darslarni ko'ring, amaliyot qiling.

Savollaringizga javob oling va jonli efirlarga qatnashing.

Agar olgan bilimlaringiz qilgan sarmoyangizdan ham ko'piga arzishini sezmasangiz, 30 kun ichida biz bilan bog'laning.

To'lov qilgan pulingizni 100% to'liqligicha bir og'iz so'zsiz qaytaramiz.

Hozir qaror qabul qilishingiz shart emas.

Shunchaki 30 kun o'zingizni sinab ko'ring.

Agar kurs sizga to'g'ri kelmasa, hech narsa yo'qotmaysiz.

Agar kurs sizga ma'qul kelsa, juda katta yutuqlarga erishasiz.

Sizga taklif qila oladigan eng adolatli taklifim shudir.

Shunday ekan, vaqtni cho'zib o'tirmangda hoziroq quyidagi anketani to'ldiring.

Anketa to'ldirganingizdan so'ng nima bo'lishini tushuntiraman.

Bizning jamoadan sizga qo'ng'iroq qilishadi.

Siz bilan do'stona, ochiq-oydin gaplashamiz.

Hozirgi holatingiz, muammolaringiz, qayerda qotib qolganingizni va maqsadlaringiz qanday ekanini so'raymiz.

Va javoblaringizdan kelib chiqib, Target Pro sizga to'g'ri keladimi yo'qmi aytamiz.

Agar kursimiz sizga to'g'ri kelmasa, buni sizga o'zimiz aytamiz.

Agar sizga yordam bera olishimizga ishonchimiz komil bo'lsa, keyini qadamlarni tushuntiramiz.

Mutaxassis bilan gaplashish mutlaqo bepul va 10-15 daqiqa vaqtingizni oladi.

Bir yildan so'ng siz qanday natijalarga erishgan bo'laman deb o'ylaysiz?

Hozirgi holatingizda davom etishingiz va yana o'sha kichik haq evaziga, taxminlar bilan ishlashingiz mumkin.

Yoki tadbirkorlar hurmat qiladigan, do'stlariga tavsiya qiladigan, va o'z narxini uyalmasdan qimmat ayta oladigan kuchli mutaxassisga aynalishingiz mumkin.

Nima bo'lishidan qat'iy nazar, shu bir yil baribir o'tadi.

Bir yildan keyingi qayerda bo'lishingizga esa keyingi 60 soniyadagi qarorlaringiz ta'sir qiladi.

Hoziroq anketani to'ldirish orqali qimmat va kuchli mutaxassisga aylaning.

Ichkarida ko'rishguncha!

Hurmat ila,
Xayot Sharapov